Yangiliklar

Bolajonlar qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish yo`lida

 Bolajonlarni Vatanga muhabbat, uni sevish va ulug`lash ruhida tarbiyalash oliy maqsadimiz rukni sifatida belgilangan bo`lib, ushbu yo`nalishda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o`tkazilayotgan tadbirlar yuqori saviyada, mazmunli va ko`tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishga qaratilgan bunday ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ham ko`tarinki ruhda o`tib, unda tarbiyalanuvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi she`rlar, qo`shiqlar va sahna ko`rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova ishtirok etib, bayram munosabati bilan
bolajonlarni samimiy tabrikladi. U o`z nutqida Vatan himoyachilari jasorati, tinch va osoyishta hayotni asrab-avaylashdagi o`rni haqida so`z yuritib, yosh avlodni ilmli, jasur va vatanparvar bo`lib kamol topishga chaqirdi.
Mazkur tadbir bolajonlarda katta taassurot qoldirib,
ularning Vatanga bo`lgan mehr-muhabbatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 2