O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov hamkorlikda Bekobod shahrida joylashgan Buxoro maktabidagi o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida “Kitob marafoni” tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad farzandlarni qanday etib ota-onalari tomonidan kitob o‘qishga qiziqtirish, shaxsiy kutubxonalarini o‘zbek va jahon badiiy adabiyotlari bilan to‘ldirish hamda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.