☘️ Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Qumchuq MFY mahalladagi pilla boqayotgan oilalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida pillachilik - bu qadimiy , balki iqtisodiy jihatdan juda foydali sohaligi, pilla yetishtirish orqali nafaqat oilaviy daromad olinadi, balki tuman, viloyat va mamlakat iqtisodiyotiga ham hissa qo‘shayotganligini ta'kidlab o'tildi. Agar uni to‘g‘ri tashkil qilsak, bir mavsumning o‘zidayoq yaxshi natijalarga erishish mumkinligini aytilib, mehnatkashlarga minnatdorchilik bildirildi.