Vazirlar Mahkamasining 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-Xumor saylov okrugidan saylangan deputat Samanov Uktam Rustamovich tomonidan tumanning 34-sonli musiqa maktabida o‘rganish o‘tkazildi.
Quyidagi savolnoma asosida o‘rganishlar o‘tkazildi:
• mazkur qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasining mavjudligi hamda amalga oshirilgan ishlar holati;
• davlat tiliga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi, xizmat va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, imlo qoidalariga muvofiq yuritilishi;
• tashkilotda Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan yil nomlari, shiorlarning joylashtirilishi hamda ularning holati;
• bino peshlavhalarning davlat tilida to‘g‘ri yozilgani va imlo talablariga mosligi.