Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova hamda biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Paxtachi tumani bo‘limi xodimi ishtirokida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtachi tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning faoliyati, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4