Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Dasturlar ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 24-“Jona” saylov okrugidan saylangan deputat Musirmanov Shuxrat Jo‘rayevich mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Paxtachi tumani “Ukrash” MFYdagi 35-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish loyihasi o‘rganildi. Unga ko‘ra, mavjud 90 o‘rinli bino o‘rnida zamonaviy 240 o‘rinli yangi bino qurilishi amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 3