Bolalar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari
N. Xusanova, J. Rajabov hamda Kengash kotibiyati mudiri R. Magripova tomonidan Paxtachi tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limining bolalar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi, bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda chala tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.