Piyodalar yo‘laklari qurilishi sifati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 1-"Qo‘shhovuz" saylov okrugidan saylangan deputati, tuman hokimi Qayum Xushbakov tomonidan hududda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklarining qurilish sifati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish ishlari, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati hamda belgilangan loyiha talablari va muddatlariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Mas’ul tashkilotlarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, piyodalar uchun xavfsiz va qulay infratuzilmani yaratish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.