Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda deputatlar hududlarga chiqib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda. 

Ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va kundalik hayotiga oid muammolari o‘rganilib, har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.

Bu kabi o‘rganishlar aholining muammolarini joyida hal etish, hududlarni kompleks rivojlantirish va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7