Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI
янв.21
MAHALLADAGI DOLZARB MASALALAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
OSHIQ OTA MAHALLASIDAGI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
17-sonli bolalar bog‘chasida ichimlik suvi va sharoitlar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Boldir mahallasida ichimlik suv tarmog‘ini rivojlantirish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Notinch oilalarda muammolar o‘rganilib, yarashtirish choralari ko‘rildi
янв.21
Rasmiy qaror – amalda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: GALATUT MAHALLASIDAGI YO‘L MUAMMOSI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDLAR INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH UCHUN MAXSUS TEXNIKALAR XARID QILINADI
янв.21
2026-yil: Pastdarg‘omda muhim loyihalar deputat nazoratida
Qonun targ‘iboti

🇺🇿Deputatlik faoliyati samaradorligi — davr talabi

✅ Bugun xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyatining kichik majlislar zalida doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishning kun tartibidan deputatlik faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, sohaga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim hujjatlar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi:

PF-209-son Farmon (21.12.2023-yil): “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  hujjat.

PQ-402-son qaror (21.12.2023-yil): “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror.

✅ Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur hujjatlar “mahalla yettiligi” tizimining samarali ishlashi, mahalla raisi va deputatlar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi muammolarini joyida hal etish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

✅ “Deputat mahallabay ishlash tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Yangi qarorlar bilan berilgan vakolatlardan unumli foydalangan holda, hududlarni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish asosiy vazifamizdir”, — deya qayd etildi muloqot davomida.

✅ Tadbir yakunida doimiy komissiyalar oldida turgan galdagi vazifalar belgilab olindi va xalq vakillarining mahallalar bilan ishlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🇺🇿  Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook

Slide 1 of 7