Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Mahalla hokim yordamchisining ish faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.

Mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyat Tuman Kengashi mutaxassisi Sh.Tog’ayev 19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar  ishtirokida Marziya mahalla hokim yordamchisining ish faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jarayonda hokim yordamchisining fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, issiqxona tashkil etib, pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan fuqaroga hokim yordamchisi tomonidan zarur ko‘mak berilib, subsidiya ajratilishiga erishilgan. Natijada tomorqadan samarali foydalanish, daromad manbaini kengaytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, mahallada asalarichilik faoliyatini rivojlantirish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Hokim yordamchisining tashabbusi bilan ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirgan fuqarolarga maslahatlar berilib, zarur sharoitlar yaratishda ko‘maklashilmoqda. Bu esa nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki ekologik toza mahsulotlar yetishtirishni ham rag‘batlantirmoqda.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida ham aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1