"Turkman" mahallasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan hayotiy tajribaga boy bo‘lgan keksa onaxonlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bugungi kundagi mahalla hayoti uchun dolzarb masalalar, ya‘ni ichimlik suvi, mahallada obodonlashtirish ishlari haqida ochiq suhbat bo‘ldi.
Onaxonlar o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarni alohida ta’kidladilar: mahalladagi oilalarda ajrimlar soni ortib borayotgani haqida kuyinchaklik bilan fikr bildirdilar.
Ularning har bir so‘zida hayot saboqlari, chuqur mulohaza va kelajak avlod uchun qayg‘u mujassam edi.
Bu kabi uchrashuvlar jamiyatdagi muammolarni anglash, ularga yechim izlash va avlodlar o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.