Xalq deputatalari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova Maroqanda mahallasidagi savdo markaziga tashrif buyurib, tadbirkorlar va fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi. U yerda savdo jarayonlari, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
Tadbirkorlar tomonidan ijara narxlari, infratuzilma va mijozlar oqimini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat barcha murojaatlarni tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rishini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar joylardagi muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.