Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Elbek MFY hududida ichki yo‘llar hamda tungi yoritish tizimining holati o‘rganildi.
️ O‘rganish jarayonida mahallada bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi.
Xususan, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish zarurati mavjud bo‘lib, bu aholi uchun harakatlanishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Shuningdek, hududda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham borligi qayd etildi.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilishi va amaliy choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.