Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. 18-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.

Tuman Kengashi mutaxassisi Sh.Tog’ayev 19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar Marziya mahalla binosida hududdagi saylovchilar bilan uchrashish maqsadida navbatdagi ochiq muloqotni tashkil etdi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo’lsa, murakkabroq muammolar mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’rib chiqilishi ta’kidlandi.

Deputat o’z navbatida, aholi bilan bunday uchrashuvlar muntazam o’tkazilishi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi.

Mazkur uchrashuv aholi vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida o’tdi hamda ko’tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi. 

Slide 1 of 1