Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari N.Dusmurodov, O‘.Shukurovlar "Qo‘qoni” mahallasidan tadbirkor ayol Nargiza Sayimova faoliyati bilan tanishdi.
️Nargiza Sayimova 2020-yildan buyon xonadonida shirinliklar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelmoqda.
️Tadbirkor ayol ta’kidlashicha, mahsulot sifati va bezagiga alohida e’tibor qaratish orqali mijozlar sonini oshirishga erishilgan. Bugungi kunda uning yillik daromadi 300 million so‘mgacha yetmoqda.
Uchrashuv davomida deputatlar Nargiza Sayimova faoliyatini yuqori baholab, tajribasini ommalashtirish muhimligini ta’kidladilar. Xususan, “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga hunar o‘rgatish, katta ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
️Uchrashuv yakunida Nargiza Sayimovani boshqa mahallalardagi xotin-qizlarga ham “ustoz” sifatida biriktirish va qandolatchilik bo‘yicha o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan rejalar belgilab olindi.