Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari o‘rinbosari D.Allamuratov ishtirokida muhim o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
💧 Joyiga chiqqan holda 2026-yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun ajratiladigan cheklangan suv limitini tasdiqlash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
🌾 O‘rganish jarayonida mavjud suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orishni ta’minlash hamda fermerlar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Mazkur masala yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.