Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan Yangiobod mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov hamda mahalla raisi tomonidan Yangiobod mahallasidagi ichki ko‘chalar infratuzilmasi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Ziyo, Fayzliashiyon, Ma'rifat, Xalqobod, Ziyolilar hamda Mirtemir ko‘chalarida shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmagani hamda ushbu holat fuqarolar harakatlanishiga noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarning qatnov qismini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 7