"Balxiyon"MFY da xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida "Zuxro Yulduz" ko‘chasida yashovchi aholi vakillari tomonidan doimiy ravishda ko‘tarilib kelayotgan ichimlik suvi muammosi yana bir bor o‘rtaga tashlandi.
️Mazkur masala yuzasidan fuqarolar bilan atroflicha suhbat olib borildi, muammoning sabablari va yechimlari muhokama qilindi. Aholini qiynab kelayotgan ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
Fuqarolar manfaati yo‘lida bu kabi masalalarni tizimli hal etish ishlari davom ettiriladi.