Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganishlar davomida"Adirobod" mahallasidagi S.Zunnunova hamda Yangihayot ko‘chalarining jami 300 metr qismi shag'allashtirilmagani sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani shag'allashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.