Xalq deputatlari tomonidan olib borilayotgan ochiq va shaffof faoliyat doirasida xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan "Navro‘z" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2026-yil 1-choragida amalga oshirgan ishlari, hududda olib borilgan bunyodkorlik ishlari hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil axborot berdi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarning fikr va mulohazalarini inobatga olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Aholi bilan yaqin hamkorlik — samarali faoliyat garovidir.