✅Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining navbatdagi qarori (№ VII-25-52-3-49-K/26) qabul qilindi. Unga ko‘ra, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim vazifalar belgilandi.
Asosiy yo‘nalishlar:
1️⃣Infratuzilmani rivojlantirish:
Tumandagi 6 ta MFYda (Yangiobod, Adirobod, Tinchlik, Yangikent, Andijon, Taraqqiyot) jami 8 ta pillaxona qurish belgilandi. Buning uchun jami 175 mln 760 ming so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
2️⃣"Yashil" texnologiyalar va ijtimoiy ko‘mak:
I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish va "yashil" ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
📍Yangiobod, Andijon va Shodlik MFYlaridagi xonadonlar uchun jami 282 mln 922 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur ishlar tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.