Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov tomonidan "Boldir" mahallasida joylashgan ijtimoiy obyektlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, mahalladagi umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar, kitob fondi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida kutubxona fondini boyitish, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi.