Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-23-19-7-101-K/26-sonli qaroriga muvofiq deputatlarning saylovchilarga axborot berish grafigi tasdiqlangan.
Mazkur grafik asosida tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, saylovchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidladi.