Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Kilichev "Bog‘onali" mahallasi fuqarolari xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari va takliflarini bevosita o‘rgandi. Suhbatlar davomida aholining ichimlik suvi, yo‘llar holati, elektr ta’minoti hamda ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalari tinglandi.
️Har bir murojaat e’tibor bilan qayd etilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
“Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot – muammolarni joyida hal etishning eng samarali yo‘li”, – deya ta’kidladi deputat.
Bunday uchrashuvlar hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.