Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat aholi bilan ochiq muloqotda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Islomova tomonidan "Qatorterak" mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘zining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholi uchun muhim masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.

 Deputat va xalq o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar hudud rivoji va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4