Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengash raisi B. Ochilov tuman hokimi J. Pardayev bilan birgalikda tumandagi 47-maktabga tashrif buyurib, yangi maktab binosi qurilishi jarayonini joyida ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida qurilish ishlari sifati, muddatlari hamda zamonaviy talablar asosida olib borilayotgan jarayonlar muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan loyiha yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yangi maktab binosi hududdagi ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.