Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan "Maroqanda" MFY ijtimoiy xodimi faoliyati oʻrganildi

"Maroqanda" mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy xodim faoliyatini oʻrganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Xoliqulova tashrif buyurdi. Tashrif davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash jarayoni, murojaatlarni koʻrib chiqish tizimi hamda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga yanada sifatli yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

️Mazkur oʻrganishlar kelgusida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2