Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

 Mazkur murojaatda fuqaro mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, xususan ichki ko‘chalarning asfalt qilinayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

 Biroq, boshlanib qolgan ayrim ishlar yakuniga yetkazilmay qolganligi ham ta’kidlandi. Jumladan:

 Shokirbekov ko‘chasining 120 metr qismi

 O‘zbekiston ko‘chasidagi 80-uyga kirish yo‘lining 100 metr qismi asfaltlanmagan

 Ushbu holat hudud aholisi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

 Fuqaro ushbu masala yuzasidan bir necha bor mas’ul tashkilotlarga murojaat qilganini, ammo hozirgacha muammo o‘z yechimini topmaganini bildirib o‘tdi.

 O‘rganish davomida yana bir muhim muammo aniqlandi — mahalla ichki ko‘chalaridagi 50 ga yaqin simyog‘ochlar eskirgan va yaroqsiz holga kelgan. Ularni zamonaviy beton ustunlarga almashtirish zarurati mavjudligi qayd etildi.

 Aniqlangan barcha muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari orqali nazoratga olindi.

 Aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni amaliy hal etish — ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 1