Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
#96_ta_qonun #Doimiy komissiya

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Muminova hamda tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari M. Yusupova va M. Qurbonovalar Toyloq tumani davlat xizmatlari markazida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati yuzasidan fuqarolar bilan bevosita suhbat o‘tkazdilar.

✔️Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida aholiga sifatli, shaffof va qulay xizmatlar ko‘rsatish davlat organlarining ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, yoshlar vakillarining bunday jarayonlarda faol ishtiroki fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

✔️Mazkur tadbir hududda davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2