Davlat MTTlarida autsorsing usulida ovqatlanishni tashkil etish tizimiga oʻtish, «Bolalar bogʻchasi» boshqaruv aхborot tizimida yaratilgan modullar orqali «Yagona mavsumiy taomnoma»ni va ovqatlanish хarajatlarini hisobga olishni joriy etish, respublika boʻyicha bolaning bir kunlik ovqatlanish qiymatini belgilash orqali «Yagona mavsumiy taomnoma» asosida bolalar ovqatlanishini tashkil etish nazarda tutilgan. Albatta buni afzalliklari mavjud, ya‘ni xizmat mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladi, bog‘chalarda doimiy xodim saqlashga ehtiyoj bo‘lmaydi, bu esa xarajatlarni kamaytiradi. Biroq, shu bilan birga o‘ziga xos kamchiliklar ham kuzatilmoqda. Agar to‘g‘ri nazorat qilinmasa, xizmat sifati past bo‘lishi mumkin.
Bugun Pastdarg‘om tumanida autsorsing tizimini o‘rganish ishchi guruhi joylarda o‘rganish ishlarini boshladi.