Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Flora Xolmuratova tomonidan 2025-yil 5-sentabr kuni Po‘latchi MFYda yashovchi saylovchilarning murojaatini ijobiy hal etish maqsadida Mustaqillik va Sumbula ko‘chalardagi ichki yo‘llarini ta‘mirlash yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga 135-ds-487-25-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida ushbu muammo ijobiy hal etildi va yo‘llarda ta‘mirlash ishlari boshlandi.
Bu o‘zgarish aholining kundalik turmushi va harakatlanishi uchun qator qulayliklar yaratdi. Tuman Kengashi
deputatlari tomonidan saylovchilarning har bir murojaati o‘rganilib, deputatlik so‘rovlari orqali ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.