Deputatlar aholi muammolarini o‘rganmoqdalar
Pastdarg‘om tuman xalq vakillari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish ishlari izchil davom etmoqda. Tuman Kengashi deputatlari Nozim Aliyev hamda Flora Xolmurotova "Xonchorbog‘" mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot qildilar, muammo va takliflarni tingladilar.