Oq oltin xirmoni yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari hashar uyushtirishib, shanba dam olish kunida paxta terimida ishtirok etishdi. Ular tumanning "Boytura Ko‘makov" MMTP hududidagi "Baxtiyor Shodmonov" fermer xo‘jaligi paxta dalalaridagi terimda faol ishtirok etishdi.
Deputatlar faol terimchilarga minnatdorchilik bildirishib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.