Yangiliklar

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan Malandiyon mahallasida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va aholi uchun yaratilayotgan mehnat imkoniyatlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni doimiy va samarali bandlikka yo‘naltirish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi.