Deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh. Raxmonov tomonidan 14-Chaqar saylov okrugidagi “Chaqar” mahallasi aholisi murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Murojaatda mahalla aholisiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish muddati 90 kundan oshib ketayotgani masalasi ko‘tarilgan.
Deputatlik so‘rovida suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi kechikish sabablari, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholini gaz bilan ta’minlash grafigini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.