📊 A.NAVOIY MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTR BILAN ISHLASH HOLATI KO‘RIB CHIQILDI
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida A.Navoiy mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 2026-yil 1-sentabr holatiga mahallada 47 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgani qayd etilib, ularning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud muammolari yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔹 O‘rganish jarayonida davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni bosqichma-bosqich mustaqil daromadga chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Ayniqsa, oilalarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, bandlik imkoniyatlarini yaratish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish belgilandi.