Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi va Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tuman 2-sonli texnikum talabalari bilan uchrashdi
Faol yoshlar – yurt kelajagi: Uzun tumanida muhim muloqot bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda bandligini ta'minlash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari Uzun tumani 2-sonli texnikum talabalari bilan samimiy muloqot o'tkazdilar.