DORIXONALARDAGI NARX-NAVO VA DORI VOSITALARI SAQLANISHI O‘RGANILDI
6-Ravonlik saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Saxovat mahallasida joylashgan dorixonalarda dori vositalarining narx-navosi va saqlanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida dori vositalarining belgilangan me’yorlar asosida saqlanayotgani, shuningdek, dorixona D-MED platformasiga ulanganligi aniqlandi. Dori vositalariga retseptlar elektron shaklda rasmiylashtirilayotgani ham ma’lum bo‘ldi.
Mas’ullar tomonidan dori vositalarining sifati, saqlanish sharoiti hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.