📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Qorayeva hamda tuman hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi D.Mardiyev ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Saylovchilar bilan doimiy muloqot — aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.