🔘“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan Guliston mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.