Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G. Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
🔷 Qabul jarayonida saylovchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar bilan ishtirok etishdi. Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan ko‘rib chiqilib, tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
📚 Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan O‘RQ-763-sonli “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning amaldagi ahamiyati hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirib berildi.
✔️ Ushbu qabul aholi muammolarini o‘rganish, ularni hal etish va huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.