Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov tomonidan Jom mahallasida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, Jom mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.
Deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarga tegishli tartibda o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
🤝 Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida hal etish va xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.