Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
🔷Ushbu uchrashuvda “Mahalla yettiligi” va tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.
🔷Tadbir davomida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan barcha savollarga qonuniy asosda tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar bo‘yicha amaliy yechimlar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
🔷Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.