Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan Sarikul mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bir qator murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlardan biri — mahallada davlat tomonidan qurilgan artizian qudug‘ining bugungi kunda ishlamayotganligi va shu sababli aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishida muammolar yuzaga kelayotgani bo‘ldi.
🔍 Holat joyiga chiqib o‘rganilganda, quduqning suv chiqaruvchi nasosi nosoz holga kelganligi aniqlandi. Bu esa ayniqsa yoz oylarida aholiga jiddiy qiyinchilik tug‘diradi.
💧 Quduq nasosi ishga tushirilgan taqdirda, Sarikul mahallasidagi 75 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi mumkin.
📌 Ushbu muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga: — suv chiqaruvchi nasosni ta’mirlash yoki almashtirish;
— quduqni qisqa muddatlarda qayta ishga tushirish;
— amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
🤝 Aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish — doimiy e’tiborimizda.