Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan hamkorlikda Nurdum mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
✍️ O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar, ularning samaradorligi, ayniqsa yoshlarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur o‘rganish ishlari yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.