Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati X.Ibragimova shahar Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i A.To‘raqulova bilan birgalikda Bobur mahallasidagi xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tanishish davomida mahalladagi xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ushbu sohadagi muammolar ko‘rib chiqildi. Mahallaga murojaat bilan kelgan ayollarning muammolari o‘rganilib, echimi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.