Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Shonazarov Sirojiddin Davlataliyevich boshchiligidagi ishchi guruh Mirobod tumanida bo‘lib, joylardagi holatni o‘rgandi.
Tashrif davomida "Ziyonur" mahallasida tashkil etilgan bolalar maydonchalari va nuroniylar maskanlarining bugungi holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
O'rganishda XDP Mirobod tuman Kengashi raisi Rahima Abdullayeva hamda deputatlar Avaz Karimov, Madina Ruziyevalar ham ishtirok etib, fuqarolar bilan muloqot olib bordilar. Mahalla raisi I.A.Xamidov boshchiligida hudud atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Bu kabi tashriflar XDPning xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylardagi ijtimoiy infratuzilma holatini o‘rganish va takomillashtirishga qaratilgan amaliy ishlaridan biridir