Mirobod tumanida tozalik va ekologik tartib-intizomni ta’minlash maqsadida ishchi guruh, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va Ekologiya inspektorlari tomonidan muntazam ravishda eko-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Reydlar davomida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari aniqlandi va bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda jarima choralari qo‘llanildi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son Farmoniga muvofiq, tozalik uchun mas’ul jismoniy va yuridik shaxslar o‘z vazifalarini bajarmasa yoki atrof-muhitni ifloslantirsa, amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi.