O'zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan partiya vakillari hamda deputatlardan iborat ishchi guruh tuzilib, poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Shayxontohur, Chilonzor va Yangihayot tumanlaridagi 40 ga yaqin mahallada bolalar maydonchalari va sport inshootlarining bugungi holati manzilli o'rganilish natijalari to'g'risida partiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda xalq depuatalari Mirobod tuman Kengash deputatlari A.Karimov va M.Ruziyevalar ishtirok etdilar.
niqlangan muammolarni tez va samarali bartaraf etish uchun mas’ul idoralarning vakillari ishtirokida Toshkent shahar kengashida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
O‘rganishlarda mahallalardagi real holat yuzasidan aholidan olingan taklif va murojaatlar, tahliliy ma’lumotlar eshituvda muhokama etildi.
Quvonarli natijalar bor, lekin ayrim mahallalarida bolalar maydonchalari va sport inshootlari qoniqarsiz ahvolda. Shuningdek, nuroniylar uchun mo‘ljallangan dam olish va sog‘lomlashtirish joylarining ham ta’mirtalab holatlariga guvoh bo‘lindi. Ayrim mahallalarda bunday maskanlar mavjud emas.